O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston bilan yangi shartnomalar

2018-04-30 | Turizm

27 aprel kuni Tojikistonning sayyohlik kompaniyalaridan iborat delegatsiya Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida turizm sohasining xorijiy vakillari mintaqaning sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Qo‘qonning tarixiy obidalari, jumladan, Xudoyorxon saroyi va Jomiy masjidi, Marg‘ilonning Pir Siddiq majmuasi, Said Ahmadxo‘ja madrasasi, “Yodgorlik” ipak fabrikasi va Rishtondagi Said Ahmedovning kulolchilik ustaxonasi bilan tanishdilar.

Shuningdek, Farg‘ona turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasida Tojikiston delegatsiya mahalliy sayyohlik kompaniyalari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldi. Uchrashuv yakunida “Farg‘ona vodiysi Sayyoh”, “Dilkam MK”, “Al-Fergani Tur” kabi firmalar “Bozori Voru” MChJga qarashli “Marko Polo” kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzdilar.

Поделиться