O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston matematiklari va informatika assotsiatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
2018-04-30 | Jamiyat
Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti va ilmiy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli va salohiyatli yoshlarni izlab topish va ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish orqali jamiyatimizda sohaning yetuk professional kadrlarini tayyorlashga erishish hisoblanadi.
2018 yil 27 aprel kuni vazirlik tomonidan O‘zbekiston matematiklari va informatika assotsiatsiyasi raisi Chuyanov Hamrozjon Ohunjon o‘g‘liga tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi va tashkilotning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.