O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro Erasmus loyihasi ishtirokchilari O‘zbekistonda

2018-04-30 | Jamiyat

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Nizomiy nomidagi TDPU bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi Erasmusning bosh ofisi tomonidan taqdim qilinayotgan “Stand against drugs” – “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusidagi loyihaning dastlabki muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Loyiha keng miqyosda bo‘lib, uning muhokamasida bir qator davlatlar – Norvegiya, Malta, Italiya, Ruminiya, shuningdek, O‘zbekistondan vakillar, koordinatorlar ishtirok etishdi.

Giyohvandlikning oldini olish va yoshlar o‘rtasida bu boradagi profilaktik chora-tadbirlar Yevropa Ittifoqining 2013-2020-yillardagi strategik rejasida asosiy o‘rinni egallaydi. Ushbu masala yuqorida nomlari keltirilgan davlatlardan ishtirok etgan vakillar qilgan taqdimotlarda aks etdi. Loyihada giyohvandlikning oldini olish borasida Yevropa va Osiyo miqyosida, shuningdek, mahalliy tashkilotlar – OTMlar, diniy muassasalar, huquq-tartibot organlari va ijtimoiy uyushmalarning strategik hamkorlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu strategik hamkorlik natijasida yoshlarning ijtimoiy faolligi, yoshlar siyosati sohasida davlatlararo axborot va tajriba almashinuvida samarali innovatsion yondashuv masalalari, bu borada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilayotgan ishlar misolida tahlil qilindi.

Поделиться