O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Husen Demir: Tashabbuskor yoshlari ko‘p O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga ishonaman

2018-04-30 | Iqtisodiyot

Sirdaryo viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 90 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 65 tasi qo‘shma korxona, 25 tasi xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalardir.

“Sirdarya Best Fashion” Turkiya xorijiy korxonasi Prezidentimizning 2017 yil 17 may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida ish boshlagan edi. 1,5 million dollarlik loyiha qiymatiga ega korxona to‘liq xorij investitsiyasi asosida tashkil etilgan. Zamonaviy va energiya tejamkor texnologik uskunalar bilan jihozlangan korxona qisqa fursatda nafaqat viloyat, balki mamlakat miqyosida ham o‘z o‘rnini topdi.


Korxonada 500 kishi ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning asosiy qismi kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridir. Ular maxsus kiyim-bosh, bir mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan. Xodimlarning ishga kelib ketishi uchun maxsus transport vositasi ajratilgan. 

Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,5 million dollar bo‘lgan korxonada asosan bolalar, ayollar hamda erkaklar trikotaj kiyimlari ishlab chiqariladi va to‘liq eksportga yo‘naltiriladi.

– Joriy yil yanvar-fevral oylarida 57 ming 400 dollarlik mahsulotni Malayziyaga eksport qildik, – deydi korxona ish yurituvchisi Tohir Mahmirzayev. – Ayni paytda rossiyalik mijozlar ham mahsulotlarimizga qiziqish bildirmoqda. Hozir ushbu davlat bilan eksport masalalari bo‘yicha o‘zaro muloqotlar olib borilmoqda. Tez orada bu kelishuvga erishamiz. 

Korxona turli xayriya tadbirlarida ham faol ishtirok etayotir. Bayramlarda nogironlar, nuroniylar, boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalarga muntazam ravishda homiylik yordami ko‘rsatib kelmoqda. 

– 2016 yildan buyon O‘zbekistondaman, – deydi “Sirdarya Best Fashion” xorijiy korxonasi texnologi, turkiyalik Husen Demir. – Tili va dini bir, qardosh bo‘lgan xalqlarimizning bir-biriga o‘xshash tomonlari juda ko‘p. Ish o‘rgatish maqsadida bir qator davlatlarda bo‘ldim. Lekin O‘zbekistondagidek tashabbuskor va zehnli yoshlarni ko‘rmadim. Yoshlaringiz har qanday texnika bilan muomalani bir ko‘rishdayoq ilg‘ab oladi. Bunga tan bermay iloj yo‘q. Prezidentingizning yoshlarga bu qadar keng imkoniyatlar yaratib berayotgani, ishonch bildirayotgani mazmun-mohiyatini shu yerga kelib, yoshlar bilan yonma-yon ishlab tushundim. Bunday tashabbuskor va intellektual salohiyati yuksak yoshlari ko‘p O‘zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga ishonaman.

 

Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA

Поделиться