O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “Renaissance Capital” Buyuk Britaniya investitsion banki vakillari bilan hamkorlikda vazirlik va idoralar uchun amaliy seminar

2018-04-29 | Iqtisodiyot

Hozirgi kunda respublikamizda investitsion muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish hamda Xalqaro iqtisodiy hamjamiyatda munosib o’rinni egallash bo’yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi xalqaro reyting agentliklarining suveren reytingini olish, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti klasifikatsiyasi bo’yicha kredit reytingini oshirish, shuningdek evroobligatsiyalarini chiqarish va xalqaro birja savdolariga joylashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning 27 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda “Xalq banki” ATB va “Agrobank” ATB ishtirokida mamlakat kredit salohiyatini oshirishga doir chora-tadbirlarni samarali tashkil etilishi tahlili to’g’risida amaliy seminar tashkillashtirildi.

Amaliy seminarda “Renaissance Capital” Buyuk Britaniya investitsion bankining ekspertlari Dmitriy Gladkov, Konstantin Derkatchev, Dmitriy Musienko va Iskander Shadievlar ishtirok etib, qatnashchilarga mamlakat kredit reytingini oshirish tamoyillari, evroobligatsiyalarni chiqarish va xalqaro birja savdolariga joylashtirish bosqichlari, xalqaro obligatsiya indekslari va evroobligatsiyalarning ikkilamchi bozori haqida ma’lumotlar va tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, amaliy seminarda investitsion bank ekspertlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi o’z evroobligatsilarini chiqargan taqdirda, qonunchilikka bir qator o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishining zaruriyati to’g’risida alohida to’htalib o’tildi.

Shuning bilan bir qatorda, Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan respublikamizning evroobligatsiya chiqarish jarayonining amaldagi holatini inobatga olgan holda, ushbu jarayonni jadallashtirish uchun zarur chora-tadbirlar masalasi muhokama qilindi.

Tomonlar mamlakat evroobligatsiyalar chiqarish va xalqaro birja savdolariga joylashtirishda qo’shni davlatlar tajribasidan foydalanish muhim ekanligi ta’kidlab o’tdilar.

Поделиться