O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro reytinglarda to‘g‘ri baholanishni ta’minlashda statistika qo‘mitasining roli qanday?
2018-04-27 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda xolis va to‘g‘ri baholanishini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 23 savolnomasi doimiy ravishda to‘ldirib kelinmoqda.
Hozirda qo‘mita Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa o‘rnatib, statistika sohasida samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Bu haqda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida tashkil etilgan milliy statistika tizimidagi islohotlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan davra suhbatida alohida ta’kidlandi.
Davlat statistika qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda mutasaddi tashkilotlar, kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi vakillari, ilmiy tadqiqotchilar, yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA