O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkiya universitetlari o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichi

2018-04-27 | Ta’lim

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Turkiya oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib “Ilmiy, fan va madaniyat festivali” doirasida memorandum imzolashdi. 

O‘zMU delegatsiyasining Turkiyaga to‘rt kunlik safari chog‘ida Kafkas universiteti, Istanbul Tijorat universiteti, Fotih Sulton Mexmet universiteti hamda Ibn Xoldun universiteti bilan istiqbolli loyihalar borasida kelishib olindi. 
Mazkur rejalarga asosan, O‘zbekiston hamda Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa anjumanlar o‘tkaziladi. 

Shuningdek, uchrashuvlarda o‘zbek va turk yoshlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, yosh tadqiqotchilarning ilmiy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi. 

Поделиться