O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya delegatsiyasi ko‘hna Keshda

2018-04-27 | Turizm

O‘zbekiston dunyo turizmida katta salohiyatga ega mamlakat. Ko‘p asrlik tarixiy, dunyo sivilizatsiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan, UNESCO tasarrufidagi nodir arxitektura yodgorliklariga ega ko‘hna shaharlari, Buyuk Ipak Yo‘li chorrahasida –qulay hududda joylashganligi, eko va etnik rang-baranglik xorijiy sayyohlarni yurtimizga bo‘lgan qiziqishini ortishiga turtki bo‘lyapti.

Mehmonlar Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosari O.B. Shagazatov, viloyat turizmni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarma boshlig‘i O.I.Olimjonov, Shahrisabz shahar hokimi o‘rinbosari A.E.Qobilov va mahalliy OAV vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Delegatsiya a’zolari muhtasham Oq saroy, Dor-ut Tilovat, Dor-us Salovat komlekslarining tarixiy qiymati va dunyo arxitekturasida tutgan o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.

“O‘zbekistonga ilk marotaba kelishim, deydi, - ‘Hokkaido Broadcasting CO.Ltd” telekompaniyasi muxbiri Vakana Doi – Toshkent va Samarqand shahridan keyingi uchinchi manzilimiz Shahrisabz shahrini iqlimini ona shahrim Hokaydoga judayam o‘xshatdim! Yurtingiz bizda iliq taassurotlar uyg‘otmoqda”.

Kun tartibi 250 yillik tarixiy “Eshonipir” milliy mehmon-uyida tashkil etilgan o‘zbekona ruhdagi ko‘ngilochar dastur bilan yakuniga yetdi. Dasturda milliy shohona taomimiz palovning ’’shahrisabzcha” uslubida tayyorlash master klassi mehmonlarda o‘zgacha qiziqish uyg‘otib, bajonudil bu jarayonda bevosita ishtirok ham etishdi. Milliy folklor dastasining YOr-yor”, “Kelin salom” kabi etnografik chiqishlari, qadimiy va klassik kuy-qo‘shiqlar sayyohlarga barhayot an’ana va urf-odatlarimiz, mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, samimiylik kabi boy ma’naviy merosimizni his qilishlariga o‘ziga xos hissa qo‘shdi.

Поделиться