O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Soliq sohasida O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining yangi bosqichi
2018-04-26 | Jamiyat
Turkiya Xalqaro hamkorlik agentligi prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek ularni amaliyotga joriy qilinishida Turkiya tomoni barcha harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanligi bildirilgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarda Turkiya Xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
O‘zbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirishda Turkiya Xalqaro hamkorlik agentligi bilan erishilgan texnik hamkorlik kelishuvi doirasida Davlat soliq qo‘mitasining bir guruh xodimlarining Anqara shahriga ishchi tashrifi amalga oshirildi.
Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, Turkiyaning soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish va kelgusida O‘zbekistonda qo‘llash amaliyotini ko‘rib chiqish.
Uchrashuvlar Turkiyaning Daromadlar bo‘yicha boshqarmasining yetakchi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilib, soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi bilan bog‘liq taqdimotlar namoyish qilinmoqda. Shu bilan birga, turkiyalik hamkorlar mamlakatimiz soliq ma’murchiligi tajribasi bilan tanishtirilib, bu borada qizg‘in muhokamalar olib borilmoqda.