O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida imzolangan memorandum va shartnomalar
2018-04-26 | Turizm
2018 yil 21-22 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida ikki davlat o‘rtasida qator memorandum va shartnomalar imzolandi.
Jumladan, forumning birinchi kunida Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik korxonalar va Tojikistonning So‘g‘d viloyati sayyohlik firmalari o‘rtasida qiymati 1 750 ming dollarlik 35 ta shartnoma imzolandi.
Mazkur shartnomalardan tashqari yana 30 ga yaqin sayyohlik firmalari o‘zaro kelishuvga erishdi.
Bunga ko‘ra, 2018 yil ikkinchi choragidan boshlab Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatidan shahrimizga yil yakuniga qadar qariyb 15 000 ga yaqin sayyohlar tashrif buyurishi kutilmoqda.