O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahar hokimligida navbatdan tashqari 35-sessiya
2018-04-26 | Jamiyat
2018 yil 26 aprelь kuni 15:00da Toshkent shahar hokimligida bosh vazir ishtirokida navbatdan tashqari 35-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda Toshkent shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Jahongirovich Usmanov O'zbekiston avtomobilь transporti agentligi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Usmanov Rahmonbek Jahongirovich 1960 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. 1977-1982 yy.- Toshkent avtomobilь yo'llari institutida tahsil olgan. “Mehnat shuhrati” ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1982-1990yy.-1-Avtokorxona uchastka ustasi, avtosaf boshlig'i, katta muhandisi, tasarruf bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida ishlagan. 1990-1993yy.-“O'zagroqurilish” birlashmasiga qarashli “Agroqurilishmexservis” ishlab chiqarish informatsiya boshqarmasi boshlig'i, qurilishmexservis direktori, bosh direktor o'rinbosari, 1993-1996 yy.- 1-Avtokorxona direktori lavozimida faoliyat olib borgan.
1996-1996 yy.- “Toshshaharyo'lovchiavtotrans” birlashmasi boshlig'i lavozimida, 1996-2001yy. -“Toshshaharyo'lovchitrans” davlat uyushmasi boshqaruvi raisining o'rinbosari, 2001-2003 yy.- Mirzo Ulug'bek tumani hokimining birinchi o'rinbosari, 2003-2005 yy.- Yakkasaroy tumani hokimi, 2005-2011yy.- Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xo'jaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari, 2011-2012 yy.- Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi va 2012 yildan bugunga qadar - Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat olib bordi.