O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qashqadaryo viloyati Turkiyalik tadbirkorlar nigohida
2018-04-25 | Turizm
Joriy yilning 3-8 aprel kunlari hududlarni investitsion va turistik salohiyatini ko‘rsatish, sayyohlik darajasini oshirish maqsadida turk investorlarini jalb etish, jahon talablariga mos mehmonxona va qator sayyohlarga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishini amalga oshirish ishlari yuzasidan O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurgan edi.
Mazkur tashrif yuzasidan 12-15 aprel kunlari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining taklifiga binoan, Turkiyalik tadbirkor Ali Deniz Shanli mavjud shart-sharoitlarni o‘rganish, investitsion muhit bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Turkiyalik mehmon viloyat hokimining investisiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.B.Shagazatov bilan uchrashdi. Rasmiy uchrashuvda Qarshi va Shahrisabz shaharlari hududida dunyo standartlariga mos mehmonxonalar qurilishi, bir qator qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qurilishga to‘g‘ri keladigan yer maydonlarini aniqlash masalasida Shahrisabz va Kitob tumanlaridagi ekoturizm uchun qulay tog‘li hududlar atroflicha o‘rganildi. Uchrashuv so‘nggida mazkur yilning iyun oyida bu borada amaliy qadamlar qo‘yilishiga kelishib olindi.