O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Marvarid” bolalari Turkiyada olqishlanmoqda
2018-04-25 | Jamiyat
Shu kunlarda “Marvarid” bolalar studiyasi Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan xalqaro bolalar festivalida ishtirok etmoqda. Ular o‘zbek milliy san’atini dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan kelgan ishtirokchilar e’tiboriga havola etishni maqsad qilgan.
Turkiya Teleradiokompaniyasi tomonidan bu yil qirqinchi bor tashkil etilgan bu festival Turkiyada milliy mustaqillik va bolalar bayrami arafasida o‘tkazilishi an’anaga aylangan.
Dunyoga mashhur Bursa shahrida o‘tayotgan festival doirasida ishtirokchilar shaharning e’tiborga molik tarixiy obidalarini, ziyoratgohlarni borib ko‘rishi rejalashtirilgan.
“Marvarid” bolalar studiyasi jajji san’atkorlari o‘zbek milliy kiyimlar bilan ijro etilgan raqslari orqali ishtirokchilar olqishiga sazovor bo‘lishdi. Ular 27 aprel kuni yurtimizga qaytib kelishadi.