O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Huquqiy axborot kunlari” davom etmoqda
2018-04-25 | Jamiyat
Navbatdagi “Huquqiy axborot kunlari” Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazildi. Tarixiy Oqsaroy majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirda davlat boshqaruv organlari hamda hamkor tashkilotlar tomonidan 20 dan ortiq “Huquqiy targ‘ibot” burchaklari tashkil etildi.
Unda 6 mingdan ziyod fuqarolar ishtirok etib, kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari, shuningdek qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Oqsaroy majmuasida joylashtirilgan plakatlar va tarqatilgan bukletlarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan ma’lumotlar sodda va tushunarli shakllarda namoyish etildi.
Shuningdek, 100 nafardan ortiq fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi.
Tadbirda chet ellik mehmonlar ham qatnashib, o‘tkazilgan “Huquqiy axborot kunlari” haqidailiq fikrlar bildirishdi.