O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan viloyatida 2000 dan ortiq fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etildi

2018-04-25 | Jamiyat

Namangan viloyati “Namangan yoshlar bog‘i”da viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida band bo‘lmagan ishsiz fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni, Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatilgan askarlarni, Jazo muassasasidan ozod etilgan shaxslarni, xorijiy davlatlarda mehnat faoliyatida bo‘lib qaytgan holda faol ish qidirayotgan aholini jalb qilgan holda hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada Namangan viloyatining muvoffaqiyatli faoliyat yuritayotgan 350 dan ortiq korxona va tashkilotlari o‘zlarining 1500 ga yaqin bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari, viloyatdagi korxona va tashkilotlardagi 2000 dan ortiq haq to‘lanadigan jamoat ishlariga ishlar taklif etildi. 

Yarmarka davomida 3 000 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdi.

Yarmarka yakunlari bo‘yicha 1701 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, amalda ish bilan ta’minlanib, mehnat shartnomasini imzolaganlar 1179 nafarni tashkil etdi.

Mehnat yarmarkasida Maxsus mehnat qonunchiligi bo‘yicha markaz tashkil qilinib ishtirokchilarining 1000 nafardan ortiq fuqarolariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, yarmarkada viloyatdagi 16 ta tijorat banklari ishtirok etib, 273 nafar kredit olish istagida bo‘lgan fuqarolarni ro‘yxatga olindi.

Поделиться