O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ma’naviyatga e’tibor-kelajakka e’tibor demakdir
2018-04-24 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan reja-dasturiga asosan, haftaning juma kunlari “Ma’naviyat soati” tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi uchrashuvga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining tajribali diktori Muslimbek Yo‘ldoshev taklif etildi.
Ma’naviyat soatida M.Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, boshqa sohalar qatori “O‘zstandart” agentligi tizimidagi islohotlardan yaxshi xabardor ekanligini aytib, bunday uchrashuvlarni tashkil etilgani xodimlar orasida, umuman ish jarayonida ijodiy va ijobiy muhitning yaxshilanishiga olib kelishini ta’kidladi.
Xalqimiz ardog‘idagi tajribali suxandon M.Yo‘ldoshev xodimlarga o‘zining diktorlik faoliyati va so‘nggi yillarda yaratilgan she’rlari hamda o‘ngga yaqin yozgan kitoblari haqida gapirib berdi.
Uchrashuv davomida “O‘zstandart” agentligi xodimlari M.Yo‘ldoshevdan she’rlar tinglash bilan birga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob oldilar.