O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek-turkman do‘stlik uyi ochildi

2018-04-24 | Siyosat

Urganch tumanining G‘oybu qishlog‘ida turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Ularning o‘z ona tilida ta’lim olishi, urf-odatlari va an’anlarini rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda O‘zbek-turkman do‘stlik uyi bunyod etildi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi asnosida ushbu ma’naviyat maskanining ochilish marosimi bo‘ldi.

Davlat rahbarlari dastlab bu yerda o‘rnatilgan Maxtumquli Firog‘iy byustini ochdi, uning poyiga gullar qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbek-turkman do‘stlik uyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu majmua qadimiy va zamonaviy me’morlik an’analari asosida bunyod etilgan. O‘zbek va turkman xalqlarining ko‘p asrlik aloqalarini aks ettiruvchi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona tashkil qilingan. Tadbirlar o‘tkazish uchun katta zal, turli fan va san’at to‘garaklari uchun xonalar barpo etilgan.

O‘zbek-turkman do‘stlik uyi, turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Поделиться