O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Xalqaro Aeronavtika federatsiyasi delegatsiya rahbari Piter Blayzer bilan uchrashdi

2018-04-24 | Turizm

2018 yilning 20 aprel sanasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi binosida qo‘mita raisi A.Abduhakimov hamda Xalqaro Aeronavtika federatsiyasidan tashrif buyurgan delеgatsiya va uning rahbari Piter Blayzer bilan uchrashuv tashkil etildi.

A.Abduhakimov janob Blayzerga mamlakatimizda sportning aeronavtika turini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning brendini yaratishga bildirgan qiziqishi uchun alohida minnatdorchilik izhor etdi. Shuningdek, hozirda mazkur soha bo‘yicha faol ishlar amalga oshayotganligi, xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent kabi katta shaharlarda havo sharlari ishga tushirilgani aytib o‘tildi. Shu bilan birgalikda ushbu sport turini yanada rivojlantirish hamda Respublika bo‘yicha havo sharlarining sonini ko‘paytirish borasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganini alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, Xalqaro Aeronavtika federatsiyasi xalqaro nodavlat tashkilot hisoblanib, hozirgi vaqtda 100 ga yaqin havo tashkilotlarini o‘z ichiga olgan.

Piter Blayzer esa mashxur Shvetsariyalik aeronavt bo‘lib, Xalqaro Aeronavtika federatsiyasi a’zosi, havoda parvoz qilish bo‘yicha Yevropada o‘tkazilgan musobaqalarning mutloq g‘olibi hisoblanadi.

Xalqaro Aeronavtika federatsiyasi (20 kishi) 2018 yilning 20 aprelidan 1 may sanasigacha O‘zbekistonda bo‘lishadi. Ushbu vaqt davomida ular Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlariga tashrif buyurishadi.

Поделиться