O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek – turkman manzumasi

2018-04-24 | Jamiyat

Turkman axalteke otlari, turkman gilamlari va do‘ppilarini ko‘pchilik biladi. Poytaxtimizda bunyod etilgan “Ashxobod saylgohi”da kiraverishda turkman millatining mardlik va jasorat timsoli bo‘lgan axalteke otlari aks etgan yaxlit kompozitsiya e’tiborni tortmay qolmaydi. Bu yerga kelgan har bir yurtdoshim uning haqiqiy do‘stlik bog‘i ekanligini anglab yetadi... 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 6-7 mart, 19-20 may kunlari Turkmanistonda bo‘ldi. Mazkur tashrif davomida Amudaryoda qurilgan Turkmanobod — Farob avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari, ushbu shaharda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomidagi markaziy ko‘cha va yodgorlik majmuasi ochilgani xalqlarimiz do‘stligiga yorqin misoldir... 

Poytaxtimizning eng ko‘rkam va go‘zal ko‘chalaridan biri mashhur turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomi bilan ataladi. 2017 yil 18 mayda Toshkentda Maxtumquli me’moriy yodgorligi o‘rnatildi. Ushbu me’moriy yodgorlik ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda mamlakatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari, turli milliy madaniyat markazlari vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, san’atkorlar, talabalar ishtirok etgan edi. Ushbu tadbirda bevosita men ham qatnashib, o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik, ahillik, qalb va madaniyat yaqinligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik rivojiga asos bo‘layotganidan behad quvongan edim. Ushbu xushxabar Turkmanistonda katta shodlik bilan kutib olinganini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar hamda telefon orqali suhbatlarda eshitib, quvonchim ming chandon oshgan edi... 

Maxtumqulining bir qator asarlari, ayniqsa, “Elingga baxsh ayla” kitobining o‘zbek tilida chop etilgani, o‘zbek maktablarida shoir ijodi keng o‘rganilayotgani xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalar izchil rivojlananib borayotganining amaliy ifodasidir... 

Bu kichik solnomani davom ettirsam, adog‘i bo‘lmaydi. Niyatim ham shu: ahil qo‘shnichilik munosabatlarimiz, qardoshligimiz abadiy bo‘lsin! 

 

Guldane Avezdurdieva, 
Respublika turkman milliy madaniy markazi faoli. 

Поделиться