O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

2018-04-24 | Siyosat

2018-yilning 23-aprel kuni Pekin shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston-Hindiston kun taribining dolzarb masalalarini muhokama qildi va o‘zaro munosabatlardagi yangi dinamika va ijobiy tendentsiyalarni ta’kidlab o‘tdi. 2017-yil natijalariga ko‘ra ikki tomonlama savdo hajmi 323,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu besh yil avvalgi ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobar ko‘p.

Vazirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik borasida fikr almashib, uning ijobiy yakunlanishidan ikkala tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlab o‘tishdi.

Uchrashuvda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya, Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhi majlislarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Hindiston TIV rahbari O‘zbekistonni 2018-yilning 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning natijalari bilan tabrikladi va Hindiston tomonining yakuniy Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirishga ijobiy hissa qo‘shishga tayyorligini tasdiqladi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari shu kuni ishni boshlayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlislarining kun tartibini muhokama qilishdi. Aytish joizki Hindiston delegatsiyasi ShHT TIVK tarkibida birinchi marotaba to‘la huquqli a’zo sifatida qatnashayapti.

Поделиться