O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va UZINFOCOM “Diktant.uz” yozma savodxonlik aksiyasini o‘tkazadi
2018-04-24 | Ta’lim
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ hamda O‘zbekistondagi bir qator universitet, institut, tashkilotlar hamkorligida o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylik — o‘zbek tilining vorislari sifatida ona tilini asrab-avaylash, uning nufuzini yanada oshirish maqsadida 2018-yilning 11-may sanasida ommaviy “Diktant.uz” — yozma savodxonlik bo‘yicha aksiya o‘tkaziladi.
“Diktant.uz” aksiyasi — aholi o‘rtasida o‘zbek tiliga nisbatan hurmat hissini kuchaytirish, savodxonlikni barcha uchun umumiy normaga aylantirishga erishish, shuningdek, yoshlarning til madaniyati masalalarida ijtimoiy faolligini oshirish, yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ijtimoiy aksiya hisoblanadi. Mazkur aksiyada ishtirok etish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aksiya 2018-yilning 11-may kuni soat 15:00 da bir paytning o‘zida quyidagi manzillar bo‘yicha o‘tkaziladi:
Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan xohlovchilar “Diktant.uz” saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari maqsadga muvofiq.