O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi Koreya hamkorlik agentligi KOICA tashkiloti bilan volontyorlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2018-04-24 | Jamiyat

Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi direktori B.Sharapov 2018 yil 23 aprel kuni Koreya hamkorlik agentligi KOICA tashkiloti rahbariyati o‘rinbosari Mi Pak, volontyorlar faoliyatini muvofiqlashtiruvi mutaxassis Kim Xyonjong, menedjer yordamchisi A.Shomirzayevlar bilan volontyorlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Markazning mashinasozlik bo‘limiga kelgan Koreyalik volontyor Choy Von 2018 yil 23 apreldan boshlab, Markazda mashinosozlik texnologiyalari bo‘yicha yangi texnologiyalar, o‘quv jarayonlarini amaliyotga tadbiq etishda ishtirok etadi.

Choy Von Markazda xaftaning dushanba-shanba kunlari, soat 8.30 dan 14.40 gacha mashg‘ulotlarni olib borishi mumkin.

Choy Von quyidagi yangi yo‘nalishlardagi mavzularda darslarni tashkil etadi:

AUTO CAD dasturida va CNC dastgohida ishlash;

tokarlik dastgoxida ishlov berish;

mashina detallari, materialshunoslik, texnik chizmachilik;

zamonaviy CNC dastgoxlari (3 va undan ortiq koordinatada ishlaydigan)da ishlash. Volontyorga Markazning ishlab chiqarish ta’limi ustasi D.Rustamovga biriktirildi.

Markaz direktori B.Sharapov Koreya hamkorlik agentligi KOICA tashkiloti rahbariyati o‘rinbosari Mi Pakga Markazga qo‘shimcha ravishda yana 4 ta volontyor uchun so‘rovnoma berilganligini hamda kelgusida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik olib borilishini ma’lum qildi.

Mi Pak ushbu masalada albatta yordam ko‘rsatilishini bildirib o‘tdi.

Поделиться