O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi

2018-04-24 | Sport

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha birinchi o‘zbek grossmeysteri Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” an’anaviy xalqaro turniri boshlandi. 

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida shaxmatni yanada ommalashtirish, sportchilarimizning tajribasini oshirish, o‘zbek shaxmat maktabi imkoniyatlari va salohiyatini keng targ‘ib etishdan iborat. 

Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan birinchi xalqaro grossmeyster Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” xalqaro turniri 2007-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. 

Musobaqaning ochilishida mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga yetkazish, sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan katta e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida o‘zbek shaxmat maktabi vakillari nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani ta’kidlandi.

Bugun o‘zbek shaxmatchilari barcha nufuzli musobaqalarida muntazam yuqori o‘rinlarni egallab, mamlakatimizda voyaga yetayotgan avlod dunyoda hech kimdan kam emasligi va kam bo‘lmasligini amalda isbotlab kelmoqda. 

Bu yilgi xalqaro turnirda shaxmatchilarimiz bilan bir qatorda Rossiya, Armaniston, Belarus, Ukraina, Belgiya, Eron, Ispaniya, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston kabi davlatlardan ikki yuzga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surmoqda. 
 

Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA

Поделиться