O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi bilan “Suvmash” aksiyadorlik jamiyatining hamkorligi
2018-04-23 | Jamiyat
Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi direktori B.Sharapov 2018 yil 20 aprel kuni “Suvmash” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori A.Djurabekov bilan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.
Imzolangan shartnomadan asosiy maqsad “Suvmash” aksiyadorlik jamiyatiga malakali mutaxassislarni tayyorlab berishdan iborat. Shu kuni “Suvmash” aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining o‘rinbosari U.Muxamedov Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi xodimlarini aksiyadorlik jamiyat faoliyati bilan bevosita tanishtirib chiqdi.
Markazning Mashinasozlik bo‘limi o‘qituvchisi B.Madaminov Markazning 9 nafar bitiruvchilarni “Suvmash” aksiyadorlik jamiyatiga olib borib, aksiyadorlik jamiyat faoliyati bilan tanishtirdi hamda ushbu bitiruvchilar “Suvmash” aksiyadorlik jamiyatining kadrlar bo‘limida suhbatdan o‘tdilar.