O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda havo shari ishga tushirildi

2018-04-22 | Turizm

Samarqandda ham Buxoro shahri singari havo shari ishga tushirildi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari hamda O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

 

Havo sharlari yordamida sayyohlar Samarqand shahri ustidan osmonu falakka ko‘tariladi va ular yarim soat davomida shahar bo‘ylab 100 metr balandlikdan butun shaharni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu esa sayyohlarga ajoyib fotosuratlar olish va yaxshi vaqt o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi havo sharlaridan foydalanish va buni amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasida O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi bilan hamkor tashkilot hisoblanadi.

Поделиться