O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘ini to‘lash tartibi belgilandi

2018-04-20 | Jamiyat

Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilarining yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga muvofiq 2018-yil yil 1-apreldan boshlab umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yer maydoniga ega bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘laydi.

Tasdiqlangan nizom quyidagilarga tadbiq etiladi:

yer uchastkasining bir qismida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va yagona soliq to‘lovi to‘lovchi notijorat tashkilotlar, agar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yer uchastkasi bir gektardan ortiq bo‘lsa;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yagona yer solig‘i to‘lovchilar va yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar, agarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyatiga to‘g‘ri keladigan yer maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lsa.

Bunda, yer uchastkalarining umumiy maydoni deganda, yer uchastkasining soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holdagi umumiy maydoni tushuniladi.

2018-yil 1-apreldan boshlab yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilariga:

yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart);

yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2449, 2013-yil 4-aprel) tatbiq etilmaydi.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadi.

Yer solig‘i har bir soliq davrining 1-yanvar holatiga hisoblab chiqariladi.

2018-yilning 1-yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 10-mayiga qadar taqdim etiladi.

Soliq solinadigan baza (soliqning hisoblangan miqdori) soliq davrida o‘zgarsa, davlat soliq xizmati organiga bir oy muddatda aniqlashtirilgan yer solig‘ini hisob-kitobini taqdim qiladi.

Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan oshib ketsa, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i yer maydoniga tegishli huquq paydo bo‘lgan oyning keyingi oyidan boshlab hisoblanadi.

Soliq davri mobaynida soliqqa tortiladigan baza 1 gektardan kamaysa, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i yer maydoniga tegishli huquq paydo bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 1 gektardan ortiq bo‘lgan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar tomonidan yer solig‘i to‘lovi har oyning 10 kuniga qadar yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshiriladi.

2018-yilda yer solig‘i to‘lovi aprel oyidan boshlab amalga oshiriladi, bunda aprel oyi uchun to‘lov joriy yilning 10-mayiga qadar amalga oshiriladi.

Поделиться