O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Huquqbuzarlikni oldini olishga bag‘ishlandi
2018-04-20 | Jamiyat
2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining asosiy vazifalaridan biri jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishdir.
Mazkur faoliyatni muvofiqlashtirishning samarali tizimini yaratish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, jinoyatchilikni kelib chiqish omillari va uning sabablarini aniqlash maqsadida 2017 yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833 – sonli qarori qabul qilingan.
Joriy yilning 19 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Huquqbuzarlikni oldini olish profilaktikasi kuni” doirasida Toshkent harbiy sudi raisi Odilbek Ilhomjonov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda vazirlik markaziy apparati va tarkibiy tuzilmalari xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida O.Ilhomjonov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tuzilmalarida sodir bo‘lgan jinoyatchiliklar va ularga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar borasida nutq so‘zladi. U o‘z nutqida ko‘p uchrayotgan jinoyatlar va ularning sabablari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida jinoyatchilikni bartaraf etish borasida ko‘plab yangi va kerakli ma’lumotlarga, shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan har bir harbiy xizmatchi oldiga mazkur soha bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar to‘g‘risidagi axborotlarga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv yakunida ma’ruzachi vazirlik xodimlarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.