O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termizda xalqaro konferensiya

2018-04-19 | Iqtisodiyot

Termizda «Central Asia 2018. Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslarining o‘rni» mavzusidagi XII xalqaro konferensiya ish boshladi. 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirda olimlar, vazirlik va idoralar mas’ullari, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari vakillari, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Eron, Isroil, Pokiston kabi davlatlardan sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etmoqda. 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari S.Shukurov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Abduazizov va boshqalar Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda axborot-kutubxona faoliyati samaradorligini oshirish, sohaga yangi innovatsion g‘oyalarni joriy etish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu Xalqaro konferensiya kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, elektron axborot resurslarini shakllantirish, arxivlar, muzeylar, ilmiy, ta’lim, tibbiyot muassasalari, boshqa vazirlik va idoralarda ulardan samarali foydalanish usullari bo‘yicha tajriba almashish hamda yangi g‘oyalarni joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda. Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishda foydalanuvchilarning axborot madaniyati va media savodxonligini oshirishga ko‘maklashmoqda. Kutubxonachilik va ta’lim muassasalarining internet, elektron ma’lumotlar bazasi imkoniyatlaridan keng foydalanish, ularga erkin kirishni ta’minlash va mazmunan boyitishga yo‘naltirilgan ishlarni faollashtirmoqda. 

– Mazkur anjuman kutubxonachilikning yutuq va muammolarini chuqur tahlil qilib, o‘zaro tajriba almashish uchun qulay muhit yaratayotgani, xorij tajribasini o‘rganish, innovatsion faoliyatga yangicha yondashuvni ta’minlashga xizmat qilmoqda, – deydi Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori Hafiza Karimova. – Uning viloyatlarda tashkil etilayotgani esa kutubxonachilarning izlanishiga keng imkoniyat yaratayotir. Rang-barang dasturga ega anjumanda biz xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishayotgan bo‘lsak, chet ellik mutaxassislar yurtimiz kutubxonachilari erishayotgan yutuqlarni katta qiziqish bilan o‘rganmoqda.

Termiz shahri qadimdan ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifat markazi sifatida dunyoga mashhur bo‘lgan. Bugun ham bu yerda fan, ta’lim, madaniyat, biznes kabi sohalar yangi bosqichda rivojlanayotir. Joriy yilda Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazining zamonaviy sharoitlarga ega yangi binosi foydalanishga topshirildi. Book-kafe va «Kitob olami» savdo do‘koni tashkil etildi. Wi-Fi hududi yaratildi. 

Xalqaro konferensiyada mamlakatimiz va xorijlik olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning ma’ruzalari tinglanadi. 

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqdi. 

Поделиться