O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Latviya parlamenti rahbariyati Buxoroda

2018-04-19 | Turizm

Latviya Respublikasi Seymi (Parlament) Raisi Inara Murniyese boshchiligidagi delegatsiya 15 aprel kuni tezyurar “Afrosiyob” poyezdining kechki qatnovi orqali sharif shahar Buxoroga yetib kelishdi.

Mehmonlarni Buxoro temiryo’l vokzalida viloyat hokimining o’rinbosari Botir Shaxriyorov va mutasaddi tashkilot rahbarlari iliq kutib olishdi.

Dam olish uchun qulay va shinam bo’lgan “Asia Bukhara” mehmonxonasida joylashgan 14 nafar sayyohlar maroqli hordiqdan so’ng 16 aprel kuni Buxoroning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi.

Sayohat Buxoroning ko’hna tarixini o’zida jo etgan “Somoniylar” maqbarasi va Chashmayu-Ayub majmuasi bilan yaqindan tanishishdan boshlandi. Mehmonlar “Ark” qo’rg’oni, “Poyi Kalon” majmuasi “Qolda gilam to’qish korxonasi”, “Labi hovuz” majmuasi hamda tarixiy obidalar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Buxoroda tashkil etilgan sayohat mehmonlarda katta taasurot qoldirdi.

Latviya delegasiyasi barcha tashkilotchilarga chuqur minnatdorchilik bildirishdi.

Поделиться