O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida ochiq eshiklari kuni o‘tkazildi

2018-04-19 | Jamiyat

Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida 2018 yil 19 aprel kuni Sergeli tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan birgalikda tumanda joylashgan 25 ta maktab direktorlari bilan ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Markaz direktori B.Sharapov tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatining ortib borishini hamda bitiruvchilarning kasb maxorati va kasb ko‘nikmalari ish beruvchilar tomonidan ham kun sayin talabgor bo‘lib borayotganligini e’tiborga olib, umumta’lim maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga qiziqtirish hamda ularda erta yoshdan kasb ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan ularni Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirish ekanligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2007 yil 13 avgustdagi 170-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etilgan.

Markaz ochilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, respublikamizdagi ishsiz fuqarolarni quyidagi asosiy yo‘nalishlar, ya’ni “Elektr, elektronika va avtomatlashtirish”, “Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Axborot texnologiyalari”, “Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” bo‘yicha bir yilgacha muddatda kasb-hunarga qayta o‘qitib, tayyorlashdan iborat.

Markazda amaliy mashg‘ulotlar so‘nggi rusumdagi zamonaviy o‘quv-ishlab chiqarish va kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan sinfxonalarda va ilg‘or dasturiy ta’minotlar hamda Janubiy Koreyaning beg‘araz yordami doirasida keltirilgan dastgohlar, stanoklar, koreys ekspertlari tomonidan tayyorlangan o‘quv standartlari asosida amalga oshiriladi.

Markazda 2 nafar Koreya Respublikasidan kelgan volontyorlar faoliyat olib borib, ular o‘quv jarayoniga zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish yuzasidan faoliyat olib bormoqda.

Tadbir so‘ngida Sergeli tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarufidagi 25 ta maktab direktorlari Markaz faoliyati bilan tanishib, olib borilayotgan dars jarayonlari bilan yaqindan tashishishdi.

Sergeli tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Shadiyeva Yaxshigul Nasimovna bu singari tadbirlarni kelgusida yanada rivojlantirib, yozgi ta’til davrida o‘quvchilarni Markazga biriktirish orqali ularda kasbga va mehnatga qiziqishlarini oshirish singari tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

Поделиться