O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot ko‘rgazmasi ish boshladi

2018-04-18 | Sog‘liqni saqlash

Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da ochilgan mazkur sog‘liqni saqlash sohasidagi 23 Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «Uztibtexnika» mas’uliyati cheklangan jamiyati va boshqa qator tashkilotlar ko‘magida o‘tkazilmoqda. 

Namoyish maydonlarida kompaniyalar zamonaviy tibbiyot texnikasi, farmatsevtika sanoati uchun texnologiyalar, tayyor dori-darmonlar va tibbiyot yo‘nalishidagi mahsulotlar hamda stomatologik uskunalar va asboblarni taqdim etmoqda. 

Ko‘rgazmada mahalliy ishlab chiqaruvchi va kompaniyalarimiz bilan birgalikda jahonning o‘n sakkiz mamlakatidan kelgan 200dan ortiq kompaniya vakillarining ishtiroki ta’minlangan. 

Mazkur loyiha har yili an’anaviy tarzda amalga oshiriladigan, xalqaro tibbiyot va farmatsevtika sanoatining peshqadam vakillari ishtirok etadigan O‘zbekistondagi eng yirik tibbiyot ko‘rgazmasi sanaladi. U ishlab chiqaruvchilar va amaliyotchi mutaxassislar o‘rtasida keng aloqalarni o‘rnatish uchun amaliy maydondir. 

Uch kun davom etadigan ko‘rgazmada respublikamizning barcha hududlaridan keladigan tish doktorlari va texniklar, farmatsevtlar, feldsher va tez yordam shifokorlari va boshqa tibbiyot sohasi xodimlari xorijiy va mahalliy kompaniyalar mahsulotlari bilan shaxsan tanishish va taklif qilinayotgan yangiliklarni baholash, shuningdek, istiqbolli shartnomalarni imzolash va investitsiyalarni kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Ko‘rgazma doirasida mahorat darslari va turli tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Sog‘liqni saqlash sohasidagi 23 Toshkent xalqaro ko‘rgazmasi 20 aprelgacha davom etadi. 

 

Mohigul Qosimova, Temur Mamadaminov (surat) O‘zA

Поделиться