O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston qutqaruvchilari Belarus Respublikasida malaka oshirdi
2018-04-18 | Jamiyat
Joriy yilning 1-13 aprel kunlari O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 nafardan iborat instruktor-qutqaruvchilari Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi Universiteti Qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida “Favqulodda vaziyat hududida avariya-qutqaruv ishlarini olib borish” mavzusida tashkil etilgan o'quv kurslarida malaka oshirib qaytdilar.
Ushbu o‘quv kurslari Belarus tajribasini o’rganish, yong’in qidiruv-qutqaruv texnikalari va anjomlari bilan tanishish, avariya-qutqaruv ishlari kabi amaliy va nazariy dasturlarni o’z ichiga qamrab oldi.
O’quv kurslari yakunida tinglovchilarga guvohnomalar va sersifikatlar topshirildi.
Belorus Respublikasida olingan bilim va tajriba kelajakda hamkasblarimizga foyda beradi.