O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zbekistonda Germaniya tibbiyotiningintegratsiyalashuvi: bugun va kelajak”
2018-04-18 | Jamiyat
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida shu mavzuda I O‘zbekiston – Germaniya tibbiyot forumi bo‘lib o‘tdi.
Yurtimiz hamda xorijlik yetakchi tibbiyot muassasalari vakillari, malakali mutaxassislar, yosh-tadqiqotchilar ishtirok etgan mazkur anjuman Ibn Sino jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori H.Oqilov, Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi N.Mahmudov va boshqalar tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aholi salomatligini muhofaza qilishda yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.
Forumda mutaxassislarning sohaga doir ma’ruzalari tinglandi. Germaniyalik shifokorlarning ma’ruzalariga keng o‘rin ajratilgani ayniqsa, samarali bo‘ldi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan tibbiyot ko‘rgazmasi soha mutaxassislariga tibbiy-ilmiy yangiliklar va ishlanmalar, innovatsion loyihalar bilan tanishish imkonini berdi.
Ibn Sino jamoat fondi va tibbiyot muassasalari, kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.