O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kolumbiya Elchisi bilan uchrashuv
2018-04-17 | Siyosat
2018-yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kolumbiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Alfonso Lopes Kaballeroni qabul qildi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz bir-birlari uchun istiqbolli hamkor ekanligi hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligi ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Anvar Ilyosov olgan surat