O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tehronda O‘zbekiston sayyohlik salohiyati namoyish etildi

2018-04-17 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xorijiy davlatlardan sayyohlarni yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini uzluksiz davom ettirmoqda. Xususan, joriy yilning 9-10-aprel kunlari tashabbusi bilan O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 12-majlisi doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Madaniyat ishlari vazirligi vakillari tomonidan Tehronda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Biznes-forum davomida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari Madaniy meros, hunarmandlik va turizm vaziri o‘rinbosari Mohamed Moheb Xudoy, shuningdek Leyla Ajdari vazirligining marketing va reklama departamenti boshlig‘i hamda ITAO Eron turoperatorlari Assotsiatsiyasi maslahatchisi Mahmoud Bonakdia bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida o‘zbek tomoni musulmon sayyohlar uchun uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘plab boy madaniy meroslar – Islom madaniyati markazi, Islom Akademiyasi, Imom al-Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa madaniy obidalarni qayta tiklash bo‘yicha tashkil etilgan yangi institutlar haqida, shuningdek, halol sertifikatlash, zamonaviy turistik infratuzilmani joriy etish to‘g‘risida so‘zlab berdi. “O‘zbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi” nomli broshyuralar va materiallar Eron turoperatorlari Assotsiatsiyasi a’zolariga tarqatildi.

Shunisi quvonarliki, endi yangi ochilgan O‘zbekiston-Eron savdo uyi mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini doimiy tarzda yoritib boradigan bo‘ldi. Unda O‘zbekiston sayyohlik salohiyati bo‘yicha tarqatma materiallar taqdim etiladi.

2017-yilgi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Islom Respublikasining 10 millionga yaqin fuqarosi chet elga sayohat qilgan va ko‘p hollarda ular oilaviy sayohatga chiqishgan. Shuning uchun Eron tomoni O‘zbekiston bilan ziyorat hamda tibbiy turizm yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.

Поделиться