O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari o‘zgardi
2018-04-17 | Jamiyat
Samarqand viloyati hokimligining 16 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida Qobilov Rustam Rajabboyevich Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.
Ushbu vazifada ishlab kelgan Umarov Azamat Mardonovich o‘z arizasiga ko‘ra lavozimdan ozod etildi.
1984-yilda Toyloq tumanida tug‘ilgan Rustam Qobilov shu paytgacha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.