O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Olmaota viloyati delegatsiyasi Andijonga keldi

2018-04-17 | Jamiyat

Andijon viloyatiga Qozog‘iston Respublikasi Olmaota viloyati hokimi Omondiq Batalov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Prezidentimiz tomonidan qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasida olib borilayotgan izchil tashqi siyosat samarasida qo‘shni davlatlar bilan hududlararo hamkorlik kengaymoqda. Xususan, Andijon viloyati Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod viloyatlari hamda Rossiya Federatsiyasi vaQozog‘istonning qator hududlari bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

2017-yilda Andijon viloyatidan Qozog‘istonga 121 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Ushbu mamlakatdan viloyatga 40 million dollarlik mahsulot yetkazib berilgan. 

Olmaota viloyati delegatsiyasining mazkur tashrifi hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, tovar almashuvi va aholining bordi-keldisini yanada faollashtirishga xizmat qiladi.
 
Muzokara chog‘ida mehmonlarga viloyatning eksport imkoniyatlari xususida ma’lumot berildi. Jumladan, keng turdagi sanoat tovarlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, kabel mahsulotlari, qurilish materiallari, trikotaj va charm-attorlik buyumlari yetkazib berish yuzasidan fikr almashildi. 

Qo‘stanayda “GM Uzbekistan” avtomobillari yig‘ilishi boshlangani, ayni kunda viloyatda qozog‘istonlik tadbirkorlar kapitali ishtirokida qo‘shma korxonalar faoliyat olib borayotgani o‘zaro munosabatlarda yangi sahifa ochishi qayd etildi.
 
Delegatsiya a’zolari viloyatdagi qator sanoat korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlari bilan tanishdi. Tashrif yakunida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro manfaatli kelishuvlar imzolandi.

 

Fahriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA

Поделиться