O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha birinchi chorak yakunlari sarhisob qilindi
2018-04-16 | Jamiyat
Joriy yilning birinchi choragi davоmida 3000 dan ortiq chiqishlar amalga oshirildi. Aholi murojaatiga asosan xonadon eshiklarini ochish, yo‘l-transport hodisalarida yordam ko’rsatish, suvda va tog‘li hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari, hayvonlarni qutqarish, yovvoyi hayvonlarni xonadonlardan chiqarib olish, ommaviy tadbir o‘tkazish joylarida aholi muhofazasini ta’minlash, taktik-maxsus o‘quv mashqlari, FVlarda to‘g‘ri harakatni amalga oshirish bo‘yicha amaliy-o‘quv seminarlari shular jumlasidandir.
Ushbu davr mobaynida inson hayotiga real xavf tug‘dirgan chaqiruvlarda 9 ta fuqaroning hayoti saqlanib qolindi. Bundan tashqari, 40 dan ortiq fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha chiqishlar reytingiga ko‘ra Toshkent shahar FVB Qutqaruv otryadi 1-o‘rinni, Navoiy viloyati FVB Qutqaruv otryadi 2-o‘rinni, Qashqardaryo viloyati FVB qutqaruv otryadi 3-o‘rinni egalladi. Favqulodda vaziyatlarda o‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berishda alohida ajralib turgan boshqarmalar turli darajadagi diplomlar bilan taqdirlanib, moddiy rag‘batlantirildi.