O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘smirlarimiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritmoqda

2018-04-16 | Sport

Barselonada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida uchinchi sportchimiz o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan xabar berishlaricha, sprint va slalom bahslarida Islom Abdusalomov va Gulbahor Fayziyeva sovrindorlar qatoridan o‘rin egallab, oktyabr oyida Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yana bir yosh sportchimiz Sherzod Hakimjonov (Chirchiq) ham o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari me’yorini bajarib, Argentinadagi nufuzli musobaqada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, baydarka va kanoechilarimiz Barselonadagi jahon chempionatida to‘rt imkoniyatdan uchta yo‘llanmaga sazovor bo‘ldi. Avvalroq, vakillarimiz akademik eshkak eshish bo‘yicha ham ikkita yo‘llanmani naqd qilib qo‘ygan edi. 

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться