O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

OAV xodimlari uchun mahorat darslari o‘tildi

2018-04-13 | Jamiyat

2018 yil 12 aprel kuni Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji konferensiyalar zalida Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati tomonidan “Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarni keng ommaga yetkazishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yil 12-14 mart kunlari O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslarining mantiqiy davomi bo‘lgan mazkur seminar-treningda viloyat hokimligi, matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi mutasaddilari, axborot xizmatlari rahbarlari, respublika nashrlarining Namangandagi muxbirlari, bosma va internet-nashrlar muharrirlari, fotomuxbirlar, telejurnalistlar ishtirok etdilar.

Seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolini kuchaytirish, soha xodimlarining kasbiy bilim va tajribalarini oshirishga qaratilgan ishlar muhokamasiga keng o‘rin berildi.

Ushbu masalalarni yoritishda innovatsion texnologiyalardan, internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan keng foydalanishi talab etiladi. Shu ma’noda faoliyatning samarali mexanizmlari va amaliyoti, rasmiy veb-saytlarda ishlash, axborot tarqatish uslublari va etikasi, bosma nashrlarni rivojlantirish, sifatli suratlar tanlash va ishlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tildi.

Seminar-treningda ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Поделиться