O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Huquqiy bilimlar” soatida

2018-04-13 | Jamiyat

Davlat bojxona qo‘mitasida tashkil etilgan navbatdagi “Huquqiy bilimlar” soati O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yetakchi maslahatchisi Alisher Hotamov ishtirok qilib, yig‘ilganlarga ushbu qonunda aks ettirilgan ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari, ma’muriy ish yuritish, ma’muriy hujjatni qabul qilish va uni ijro etish tartibi, shuningdek mazkur hujjatlar ustidan shikoyat qilish taomillari haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, ushbu qonun turli ma’muriy qarorlarni qabul qilish jarayonini standartlashtirish va yengillashtirish orqali davlat organlarining fuqarolar va tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlari qonuniyligini ta’minlash va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur qonunda davlat organlari fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonidagi tartib-taomillar, bu jarayon qanday amalga oshirilishi kerakligi batafsil ifodalangan.

Qonun 7 bob, 88 moddadan iborat bo‘lib, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kirishi belgilab qo‘yildi.

Ushbu Qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.

Lekin, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilingan Qonunning asosiy vazifalari ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Поделиться