O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fuqaro muhofazasi institutida uchrashuv
2018-04-13 | Jamiyat
Joriy yilning 12 aprel kuni Fuqaro muhofazasi institutida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari bilan O’zbekistondagi Polsha Elchixonasi maslahatchisi E.Kollata va Elchixona konsuli E.Timofeyuka bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Shuningdek, mehmonlar institutdagi Zilzilani simulyatsiya qilish majmuasiga tashrif buyurdilar.
Uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad, Polsha fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va mazkur sohadagi ikki tomonlama chuqur hamkorlikning uzoq kelajakdagi harakat bosqichlarini muhokama etishdan iborat bo’ldi.
Uchrashuv davomida mehmonlar favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasidagi Vazirlik faoliyati bilan yaqindan tanishib, zilzilalar tarixi muzeyi, ekspozitsiya zali va zilzila simulyatorida bo’ldilar.
Tadbir yakunida O’zbekistondagi Polsha Elchixonasi vakillari FVV rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv va mehmondo’stlik uchun tashakkur izhor etdilar.