O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov: “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy axborot markazi” O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimida
2018-04-13 | Sog‘liqni saqlash
2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida joriy yil yakuniga qadar mamlakatimiz tibbiyot sohasida “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” konsepsiyalarini mavjud sharoitlarga moslashtirish va tatbiq etish belgilangan edi.
2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida joriy yil yakuniga qadar mamlakatimiz tibbiyot sohasida “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” konsepsiyalarini mavjud sharoitlarga moslashtirish va tatbiq etish belgilangan edi.
“Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” o‘zi nima? Uning ishlash prinsipi qanday? Ayni kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligida mazkur vazifa ijrosi doirasida qanday ishlar ishlar olib borilayotgani ko‘pchilik yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiy. Chunki bu konsepsiya yurtimizga yangilik sifatida Sog‘liqni saqlash sohasiga kirib kelmoqda.
— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida masofadan turib profilaktika qilishni ta’minlaydigan “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy axborot markazi” konsepsiyalarini o‘z sharoitimizga moslashtirib tatbiq etishimiz kerakligini alohida ta’kidlagan edi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. —Agar kuzatadigan bo‘lsak, rivojlanishning innovatsion yo‘lidan borayotgan mamlakatlarda “aqlli texnologiyalar” barcha sohalarda keng tatbiq etilmoqda: “Aqlli uy”, “Aqlli qishloq”, “Aqlli shahar” kabi tizimlar mamlakatning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishini ta’minlamoqda. Chunki “aqlli texnologiyalar”ning asosiy maqsadi — kam vaqt va kuch sarflab, yuqori natijaga erishishdir. “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” ham ayni shu mezon asosida ishlab chiqarilmoqda. Ushbu texnologiyalar kasalliklarni oldindan aniqlash, ularni masofadan profilaktika qilish imkonini beruvchi yirik bir tizim hisoblanadi. Bu esa foydalanuvchiga istalgan vaqtda va istalgan joyda tibbiy xizmatdan foydalanish imkonini yaratadi. Eng muhimi, xizmat sifati eng chekka qishloqda ham, poytaxtda ham bir xilda bo‘lishi ta’minlanadi. U o‘z ichiga birlamchi tibbiy bo‘g‘indan tortib, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatgacha bo‘lgan jarayonlarni ham qamrab oladi.
“Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” bu bemorlarni davolash bo‘yicha tavsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlarni qamrab oluvchi elektron ma’lumotlar bazasidir. Ushbu ma’lumotlar bazasiga muvafaqiyatli davolash usullari, hamda tashhis qo‘yish va retsept yozishga bag‘ishlangan tavsiyalar va metodikalar kiritiladi Shifokor dastlabki ma’lumotlarni tizimga kiritib (tashhis, alomatlar, bemorning allergik reksiyalar va boshqalar), o'xshash holatlarni qidirishi mumkin. Qidiruv natijilariga ko‘ra, tizim tomonidan shifokorga davolash bo‘yicha maslahat va tavsiyalar beriladi.
— Ushbu tizimning afzalligi aniq, —davom etadi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. — Avvalo, elektron shaklda inson omili bilan bog‘liq xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi. Tizim shuningdek muvaffaqiyatli davolangan holatlar sonini ko‘paytiradi, bu esa, umuman olganda, aholining tibbiy xizmat sifati bilan qondirilganlik darajasini oshiradi Bir so‘z bilan aytganda, ma’lumotlar markazi shifokor va bemor uchun qulaylik yaratishga qaratilgan.
Aqlli tibbiyot” tizimi diagnostika, profilaktika va davolashning innovatsion usullarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi; shuningdek biotexnologiya/farmakologiya va nanotexnologiya sohasidagi so‘nggi yutuqlardan foydalanishni ta'minlaydi.
Masalan, bemor tanasiga o‘rnatilgan maxsus datchik va chiplar orqali shifokor qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, patsiyent salomatligi haqidagi muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘lishini ta’minlaydi. Misol uchun, hayotiy ko‘rsatkichlar — tana harorati, qondagi qand miqdori, arterial qon bosimi haqidagi axborot shifokorga kelib turadi. Bu esa, kasalliklar alomatlarini erta aniqlash va rivojlanishning dastlabki bosqichlarida kasalliklarining oldini olish, bemorning sog‘lig‘ini kuzatishga imkoniyatini beradi. “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy axborot markazi” loyihalarini amalga oshirish jarayonida, Sog‘liqnii saqlash vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Tashkent shahar xokimiyatlar bilan faol hamkorlik qiladi.