O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida davra suhbati

2018-04-13 | Jamiyat

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida “Jamoatchilik ishonchini oshirish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti (Sloveniya) bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda AQSHning mamlakatimizdagi elchisi Pamela Spratlen ham ishtirok etdi. Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro ekspertlar advokat (AQSH Massachusets shtati Oliy sudining sobiq sudyasi) Robert Kori, AQSH Minnesota okrugi bosh federal sudyasi Jon Tanxaym, Xorvatiyaning Zadar shahri sudi sudyasi Davor Dubrovitsa ma’ruza qildilar. 

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Advokatlar palatasi vakillari, tuman va shahar sudlari sudyalari ham qatnashdi. 

Ishtirokchilar sudlarning OAV bilan o‘zaro hamkorligi, jamoatchilikning sudlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan hurmat munosabati, sud tizimi mustaqilligi va yaxlitligini ta’minlaydigan innovatsion strategiyalar kabi masalalar bo‘yicha fikr almashdi. 

Ta’kidlash joiz, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Sudlar mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudlar maqomining huquqiy asoslarini takomillashtirish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni xolisona va atroflicha o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish shular jumlasidandir.

Поделиться