O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Milliy atlasi yaratiladi

2018-04-13 | Jamiyat

“Davergeodezkadastr” qo‘mitasida O‘zbekiston Milliy atlasini yaratish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Turli vazirlik va tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirok etgan tadbirda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 15 martdagi “O‘zbekiston Milliy atlasini yaratish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi bo‘yicha ilm-fanning zamonaviy yutuqlari mushtarakligida fundamental kartografik asar – Milliy atlasni ishlab chiqish va yaratish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi. 

Qo‘mita raisi A.Abdullayev va boshqalar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha jabhalardagi yangilik va o‘zgarishlarga keng imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston Milliy atlasini yaratish bo‘yicha boshlangan izlanishlar ham shunday ezgu ishlar natijasidir. 

Ikki jilddan iborat Milliy atlas “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi mas’ulligi va 30 dan ortiq tashkilot hamkorligida yaratiladi. Unda O‘zbekiston hayoti, tarixi va buguni hamda barcha sohalarga oid matnlar, geografik ma’lumotlar va kartografik chizmalar jamlanadi. 

– Yaratilayotgan Milliy atlas mazmunan boy va tematik jihatdan serqirraligi bilan nafaqat xalqimiz, balki xorijliklar uchun ham mustaqil O‘zbekiston to‘g‘risida har tomonlama mukammal va qiziqarli manbalarga boy bo‘ladi, – deydi bo‘lim boshlig‘i I.Ergashev. – Hozir reja bo‘yicha qo‘mitamiz O‘zbekiston Milliy atlasi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Unda atlasga qo‘yiladigan ilmiy prinsip va talablar, atlasning umumiy va jildlarining ta’rifi, ish tartibi keltirilgan. Bugungi tadbirda hamkor tashkilotlar vakillariga ishlab chiqilgan mazkur konsepsiya haqida batafsil ma’lumot berish va ularning bu borada fikr-mulohazalari, takliflari asosida oldimizga qo‘ygan maqsadga erishishdir.

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться