O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreyalik shifokorlar bolalarni ko‘rikdan o‘tkazdi
2018-04-13 | Sog‘liqni saqlash
Janubiy Koreyaning malakali bolalar tish shifokorlari Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan 60 nafar, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan 240 nafar kam ta’minlangan oila farzandini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
Toshkent davlat stomatologiya institutida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda xorijlik mutaxassislar bolalarga og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri parvarishlash, tish yuvish qoidalari hamda og‘iz bo‘shlig‘ida uchraydigan kasalliklar va asoratlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Loyiha ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qator tadbir va aksiyalar o‘tkazib kelayotgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida amalga oshirildi.
M.Qosimova, O‘zA