O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termiz xalqaro konferensiyaga tayyor

2018-04-12 | Jamiyat

Joriy yil 18-20 aprel kunlari Termiz shahrida “Central Asia 2018. Fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida internet va axborot-kutubxona resurslarining o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. 

Surxondaryo viloyati hokimligi, qator tashkilot va muassasalar hamkorligida mazkur anjumanni yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. 

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyada mamlakatimizdagi axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari xodimlari, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Pokiston, Isroil kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etishi kutilmoqda. 

Viloyatda anjumanni yuksak saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuzilib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Mas’ullar biriktirilib, tegishli vazifalar yuklandi. Termiz shahridagi asosiy ko‘chalar, anjuman tadbirlari bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar markazi” binosi, Termiz davlat universiteti va boshqa inshootlar bayramona bezatilib, konferensiya mazmun-mohiyati aks ettirilgan bannerlar o‘rnatilayotir. Tadbir ishtirokchilari uchun barcha qulaylik yaratilmoqda. 

– Fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlikni faollashtirishga ko‘maklashadigan tadbir doirasida amaliy seminarlar, mahorat darslari tashkil etiladi, – deydi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi rahbari M.Abdushukurov. – Tajribali mutaxassislar kitobxonlik, kutubxonachilikning istiqboldagi vazifalari, sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolarni ilmiy shu’balar yig‘ilishlarida muhokama qiladi. 

Konferensiya ishtirokchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun bir qator ma’naviy dam olish dasturlari tayyorlanmoqda. Mehmonlar viloyatning tarixiy obidalari va istiqlol yillarida bunyod etilgan diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishtiriladi. 

 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Поделиться