O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Obod qishloq” dasturi –amalda: Qishloqlarimiz ko‘rki farovonlik ko‘zgusidir

2018-04-12 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” Dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yangi bosqichga ko‘tardi.

Qo‘shtepa tumanida ham 2018 yilda 2 ta - Sohibkor va Xumdon qishloqlarida aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, mazkur qishloqlarning qiyofasini zamonaviylashtirish va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi ishlab chiqildi.

Hududning eng obod qishloqlariga aylantirilishi ko‘zda tutilgan Sohibkor qishlog‘ida 3781 nafar aholi 875 ta xonadonda, Xumdon  qishlog‘ida 562 nafar aholi 102 ta xonadonda istiqomat qilishadi. Mazkur qishloqlarda ichimlik suvi manbasiga ega bo‘lgan inshootlar, elektr energiyasi va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bundan tashqari, Sohibkor qishlog‘ida taxminiy qiymati 1mlrd. 368,5 mln. so‘mlik, Xumdon qishlog‘ida esa 950 mln. so‘mlik, jami 19, 4 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari 2018 yilgi mahalliy byudjetning manzilli ro‘yxati asosida qayta ta’mirlanishi rejalashtirildi. Respublika yo‘l jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirish hisobiga qishoqlardagi 25 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari va ichki ko‘chalarni ta’mirlash ko‘zda tutilmoqda.

Dasturga muvofiq, Sohibkor qishlog‘ida 1 ta yangi maktabgacha ta’lim muassasasi bunyod etiladi, 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi kapital va joriy ta’mirdan chiqariladi. Xumdon qishlog‘ida esa 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasining kapital ta’mirlanishi orqali muassasaga bolalar qamrovining oshirilishiga erishiladi. Mazkur qishloqlarda 1 tadan mahalla guzari, 3 tadan maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, shuningdek, Sohibkor qishlog‘ida 2 ta boshqa xizmat ob’ektlarining qurilishi hisobiga hududda jami 38 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Xumdon qishlog‘ida 6 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularning 4 tasi ta’mirtalab ekanligi aniqlangan. Belgilangan dasturga ko‘ra, ularning 1600 m2 tom qismini ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Qishloqda 3 ta ko‘p qavatli uylar quriladi. Ularning biri foydalanishga topshirilish arafasida. Ikkitasida qurilish jarayoni davom etmoqda. Bundan tashqari, qishloq aholisining 26 foizi kanalizatsiya xizmati bilan ta’minlangan, xolos. Bu boradagi ehtiyojni to‘la qondirish maqsadida 4 km masofali kanalizatsiya tarmog‘i  quriladi.

Hozirgi kunda Sohibkor va Xumdon qishloqlarida jami 7 km masofadagi piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, 116 dona ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish, 15 ta gulzorlar tashkil etish ishlari boshlandi. Elektr uzatish simlari va tayanch ustunlari yangilanib, yo‘lbo‘yi infratuzilmasi ob’ektlari to‘liq ta’mirdan chiqarilmoqda. Qayta qurish va ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan jami 16 ta xonadonlar aniqlanib, reja asosida qurilish va rekonstruksiya ishlariga kirishildi. 

 

Bahromjon JUMANOV,

Qo‘shtepa tumani hokimi.

Поделиться