O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublikamiz sudyalari uchun "Intellektual mulk muhofazasining amaliy masalalari va sud amaliyoti" mavzusida o'quv-amaliy seminar tashkil etilmoqda
2018-04-12 | Jamiyat
Joriy yilning 14 aprelidaToshkent shahar iqtisodiy sudi binosida Agentlik tomonidan Respublikamiz sudyalari uchun "Intellektual mulk muhofazasining amaliy masalalari va sud amaliyoti" mavzusida o'quv-amaliy seminari tashkil etilmoqda.
O'quv-amaliy seminari tinglovchilari sifatida Oliy sud, Toshkent shahar iqtisodiy sudi, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi, Toshkent viloyati, Samarqand viloyati va Jizzax viloyati iqtisodiy sudlari, hamda Toshkent shahrining barcha tumanlararo sudlari sudyalari qatnashadilar.
Seminarning asosiy maqsadi Intellektual mulk sohasidagi nizolarni ko'rib chiqish tizimini yanada takomillashtirish va mazkur sohadagi sudlarda ishlarning mukammal ko'rib chiqilishini ta'minlash uchun respublikamiz sudyalarining intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirishga qaratilgan bo'lib, tadbir qatnashchilari uchun Rossiya Davlat Intellektual mulk akademiyasi mutaxassislari ma'ruzalar bilan ishtirok etishi ko'zda tutilgan.