O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2018 yilning I choragida investitsiya majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan olib borilgan monitoring natijalari

2018-04-12 | Iqtisodiyot

2018 yil I choragi davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1153 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 478,9 mln. AQSH dollari va 2 888,0 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 15 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 152,4 mln. AQSH dollari va 1 111,2 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 9913 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

2018 yil I choragi davomida 1153 ta oldi-sotdi shartnomalaridan 29 ta shartnoma bekor qilindi, 63 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul qilindi.

01.04.2018 y. holatiga davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1061 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 478,7 mln. AQSH dollari va 2 692,0 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 13 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 152,1 mln. AQSH dollari va 1 012,1 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 8177 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Amaldagi shartnomalarga ko'ra, yil boshidan investorlar tomonidan

6,2 mln. AQSH dollari va 183,2 mlrd. so'm investitsiya kiritilishi belgilangan bo'lib, haqiqatda kiritilgan investitsiyalar hajmi 5,5 mln. AQSH dollari va 128,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Hisobot davrida 63 ta oldi-sotdi shartnomalari shu jumladan, 12 ta sotib olish qiymatida va 51 ta “nolь” xarid qiymatida tuzilgan shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy 245 ming AQSH dollari va

93,2 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 1736 ta ish o'rinlari yaratilgan.

Shu bilan birga, yil boshidan 33,1 mln AQSH dollari va 612,7 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 121 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan bo'lib, shundan:

118 ta past rentabelli, iqtisodiy nochor davlat aktivlari va bo'sh turgan binolar “nolь” xarid qiymatida 33,1 mln AQSH dollari va 609,0 mlrd. so'm investitsiya kiritish majburiyati bilan;

3 ta davlat aktivi 3,7 mlrd. so'm investitsiya kiritish sharti bilan sotib olish qiymati bilan sotilgan.

Поделиться